«Ekofaol talabalar»
«Ekofaol talabalar» harakati — atrof-muhitni asrash uchun yoshlar tashabbusi va birlashuvi.
97
«Ekofaol talabalar» — Navoiy davlat universiteti talabalarining ixtiyoriy ekologik harakati. Harakat a’zolari atrof-muhitni asrash, tabiatga g‘amxo‘rlik va jamiyatda ekologik ongni oshirish uchun birlashgan.
Talabalar hududni tozalash aksiyalari, daraxt ekish, ekologik tadbirlar va targ‘ibot ishlarida faol ishtirok etadilar. Bu harakat yoshlarda tabiatga mas’uliyat va jamoaviy hamkorlik tuyg‘usini mustahkamlaydi.
Harakat faoliyati
Tozalash aksiyalari
Kampus va shahar hududlarini tozalash bo‘yicha hashar tadbirlari.
Ko‘kalamzorlashtirish
Daraxt va gul ekish, yashil zonalarni parvarish qilish.
Targ‘ibot
Ekologik madaniyatni targ‘ib qiluvchi seminar va aksiyalar.
Qayta ishlashga undash
Chiqindilarni saralash va qayta ishlash bo‘yicha tashabbuslar.