Boshqaruv organlari
Boshqaruv organlari: kengashlar va komissiyalar.
Universitet faoliyati ustidan oliy nazorat Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Joriy boshqaruv rektor zimmasida bo‘lib, ilmiy va o‘quv-uslubiy masalalar bo‘yicha Universitet kengashi maslahat organi sifatida faoliyat yuritadi.
Boshqaruv organlari
Kuzatuv kengashi
Universitetning oliy boshqaruv-nazorat organi. Strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilaydi, byudjet va moliyaviy faoliyatni hamda rektor faoliyati natijalarini nazorat qiladi.
Universitet kengashi
Rektor raisligidagi maslahat organi. O‘quv rejalari, ilmiy yo‘nalishlar, professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish va boshqa muhim akademik masalalarni muhokama qiladi.
Ilmiy kengash
Ilmiy va o‘quv-uslubiy faoliyatni muvofiqlashtiruvchi organ; dissertatsiya ishlari muhokamasi va ilmiy qarorlarni qabul qiladi. Batafsil: Ilmiy kengash.
«Komplayens nazorat» tizimi
Korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish tizimi. Universitetda halollik, shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.