Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti
Biologiya, kimyo, geografiya va tibbiyot yo‘nalishlari.
Kafedralar
Biologiya kafedrasi
Biologiya kafedrasi biologiya, biotexnologiya va ularni o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydi.
Kimyo kafedrasi
Kimyo kafedrasi 2001-yilda Tabiatshunoslik fakulteti negizida “Kimyo va ekologiya” kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Kafedra hududda kimyo ta’limini rivojlantirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.
Geografiya kafedrasi
Geografiya yo‘nalishi 1998-yilda Tarix fakulteti tarkibida ochilgan va keyinchalik alohida Geografiya kafedrasi sifatida shakllangan. Kafedra geografiya va uni o‘qitish metodikasi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi.
Umumiy tibbiy fanlar kafedrasi
Umumiy tibbiy fanlar kafedrasi bo‘lajak tibbiyot mutaxassislariga anatomiya, fiziologiya va boshqa fundamental tibbiy fanlardan ta’lim beradi.
Klinik fanlar kafedrasi
Klinik fanlar kafedrasi 2024-yil sentyabrida “Tabiiy fanlar va tibbiyot” fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedrada davolash ishi va pediatriya mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar tahsil oladi.
Xodimlar
Nuraliyev Samatjon Raxmonqulovich
Kimyo kafedrasi mudiri, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Shodiyev Sanjar Ro‘ziqulovich
Geografiya kafedrasi mudiri, geografiya fanlari doktori, professor
Xushvaqtov O‘tkir Shonazarovich
Klinik fanlar kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent